20:39 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
617 0 0

Taklif qilinayotgan investitsion loyihalar Toshkentga sigʻmay ketayotgani uchun ularning bir qismi viloyatga chiqarishga qaror qildik, dedi Jahongir Ortiqxoʻjayev.

TOSHKENT, 30 iyun – Sputnik. Toshkentda investorlar juda koʻpayib ketdi, biz ularning bir qismini Toshkent viloyatiga chiqarishga harakat qilayapmiz, dedi shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Sputnik muxbiriga.

“Soʻnggi ikki yil davomida Toshkentning investitsion jozibadorligi 10 baravar oshib ketdi. Biz judayam koʻp investitsion loyihalar va takliflar olayapmiz. Ularning barchasini koʻrib chiqishga ham ulgurmayapmiz. Bu bizni quvontiradi, albatta”, - dedi poytaxt hokimi.  

Hokim aytishiga qaraganda Toshkentda hozir mahalliy investorlar, yosh biznesmenlar ham juda koʻp. Birinchi navbatda eʼtibor ularga qaratilmoqda.

Ular taklif qilayotgan loyihalar Toshkentga sigʻmay ketayapti. Ularning barcha loyihalarini Toshkentda joylashtirsa, kelajakda elektr taʼminoti, kommunikatsiyalar va boshqa muammolar kelib chiqishi mumkin.  

Shu sabadan Toshkent hokimiyati taklif qilinayotgan loyihalarning bir qismini Toshkent viloyatiga yoʻnaltirishga qaror qilgan. Kelajakda Toshkent viloyatida 100 ta ish oʻrni yaratilsa, shulardan 10 ta rahbar toshkentlik boʻlishi mumkin. Bu ham byudjetga foyda. Umuman shahardami viloyatdami yaratilayotgan har bir ish oʻrni biz uchun muhim, - deydi shahar hokimi.  

Asosiy mavzular