00:02 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Vvod v ekspluatatsiyu TES

Oʻzbekistonda Tolimarjon IES xususiylashtiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Iqtisod
Havola olish
202 0 0

Maʼlum qilinishicha, 2019 yil oxirigacha investitsiyaviy shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Tolimarjon issiqlik elektr stantsiyasini xususiylashtirish kontseptsiyasi muhokama etildi, deya xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

30 iyun kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Birlashgan Arab Amirliklarining Mubadala Utilities kompaniyasi rahbariyati, Osiyo taraqqiyot banki hamda Energetika vazirligi vakillari ishtirokida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Xabarda kun tartibidagi masala joriy yilning mart oyida BAAga oliy darajadagi tashrif doirasida erishilgan shartnomalar doirasida Tolimarjon IESni xususiylashtirish boʻlgani qayd etilgan.

Uchrashuv davomida elektrostantsiyalarni xususiylashtirish va uning quvvatini yanada oshirish kontseptsiyasi taqdim etildi, shuningdek, mavjud huquqiy shartnomadagi kelishuv va loyihalarni amalga oshirishning moliyaviy mexanizmlari ishlab chiqildi. Kontseptsiya elektrostantsiyaning ish faoliyati va texnik parametrlarini batafsil oʻrganish maqsadida delegatsiyaning Talimarjon IYESga oldingi ishchi tashrifi davomida olingan maʼlumotlar asosida ishlab chiqilgan.

Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikning asosiy masalalari boʻyicha yakdil fikrga kelishdi.

Maʼlum qilinishicha, 2019 yil oxirigacha investitsiyaviy shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular