14:21 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Namanganda 1,3 mlrd dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish tezlashtiriladi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Iqtisod
Havola olish
272 0 0

Ushbu loyihalar prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi va Doing business with Namangan Xalqaro investitsiya forumi yakunlariga koʻra elchixonalar ishtirokida ishlab chiqilgan.

TOSHKENT, 1 iyul - Sputnik. Namanganda 1,3 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, 1 iyul kuni Namanganda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov va Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorovning raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish maqsadi Namangan viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish, ilgʻor va innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, mahalliy tovarlarni tashqi bozorga eksport qilish va chet ellik turistlar oqimini koʻpaytirish, mintaqa oliy taʼlim muassasalari va xorijiy universitetlar oʻrtasida sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻlgan.

Yigʻilishda umumiy qiymati 1,3 milliard AQSH dollari boʻlgan 100 dan ortiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish va oʻzlashtirish boʻyicha davlat rahbarining koʻrsatmasi yetkazildi. Ushbu loyihalar prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi va Doing business with Namangan Xalqaro investitsiya forumi yakunlariga koʻra elchixonalar ishtirokida ishlab chiqilgan. Namangan forumi natijasida umumiy qiymati 350 million AQSH dollariga teng 48 ta investitsiya bitimlari va eksport shartnomalari imzolangan edi.

Xususan, har bir loyiha “TIV – Elchixona – Namangan viloyati hokimligi – viloyatning tegishli idorasi” shaklida tanqidiy tahlil qilindi. Yigʻilish davomida loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi qator masalalar amaliy jihatdan hal qilindi.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning joriy masalalarini hal qilish maqsadida viloyatga biriktirilgan elchixonalar tomonidan Namangan viloyati tumanlari hokimliklari rahbarlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishchi aloqa oʻrnatildi.

Shuningdek, elchixonalar, Namangan viloyati hokimligi va vazirliklar vakillari tarkibida sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligi sohalarida investitsiya loyihalarini oʻzlashtirishni jadallashtirish maqsadida ishchi guruh tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Namanganda musiqali kema-fontan ishga tushirildi

Asosiy mavzular