11:54 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum

Toshkent shahar hokimligi barcha soliq toʻlovchilarga minnatdorlik bildirdi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
268 0 0

Toshkent byudjet prognoz koʻrsatkichlarini ortigʻi bilan bajardi.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Joriy yilning dastlabki olti oyi yakuni boʻyicha Toshkent shahri oʻz oldiga maqsad qilib belgilagan byudjet daromadlari prognoz koʻrsatkichlarini ortigʻi bilan bajardi. Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Bu natijaga erishishda oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan shahrimizning har bir yirik korxonasi, oʻrta va kichik biznes vakillari, xususiy ishbilarmonlar, oilaviy tadbirkorlar hamda barcha soliq toʻlovchi faol mehnat bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga oʻz minnatdorligimizni izhor etamiz.

Ayniqsa, Respublikamiz Prezidenti tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy yondoshib, belgilangan vazifalarga befarq boʻlmasdan, ularni amalga oshirilishida jonbozlik koʻrsatib, Toshkent shahar hokimligini qoʻllab-quvvatlab kelayotgan barcha faol biznes vakillariga chuqur ehtiromimizni bildiramiz.

Hurmatli soliq toʻlovchilar, Sizlarning poytaxtimiz iqtisodiyoti oʻsishi, shahrimiz aholisining farovonligi uchun qilayotgan mehnatingiz, davlat byudjetiga kiritayotgan har bir soʻmingiz oʻzingizga ming karra ziyod boʻlib qaytishini istashimizni bildirgan holda, Sizni ishontirib aytamizki, hokimlik barcha mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishini taʼminlaydi.

Aziz hamshaharlar, barchangizning ishingiz yanada rivoj topishi, biznesingiz barakali davom etishi, omad va zafarlar hamisha hamrohingiz boʻlishini istab qolamiz.”, - deb yozilgan hokimlik xabarida.

Asosiy mavzular