08:37 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Ximicheskiye udobreniya

Oʻzbekistonda fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin

© Sputnik / Igor Katayev
Iqtisod
Havola olish
162 0 0

Rossiyaning "Fosagro" xoldingi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda murakkab fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin.  

TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Rossiyaning "Fosagro" xoldingi Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov bilan oʻgʻitlar yetkazib berish va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish haqida kelishib olishdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Bugun, 2 iyul kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda PAO "Fosagro"ning marketing va savdo boʻyicha direktori Sergeyem Pronin, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xoʻjayev hamda “Oʻzximprom” AJ raisi Odil Temirovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda “Fosagro” tomonidan Oʻzbekistonga oʻgʻitlar yetkazib berishning uzoq muddatli istiqbollari hamda ushbu sohada yaqin munosabatlar oʻrnatish masalalari muhokama qilindi. Rossiyalik ishlab chiqaruvchi ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Muhokama davomida, tomonlar shuningdek, Oʻzbekistonda kelajakda murakkab oʻgʻitlarni ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilishdi.

Maʼlumot uchun, dunyoda eng yirik fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri boʻlgan, "Fosagro" guruhi tarkibiga Cherepovets shahrida joylashgan "Apatit" korxonasi va uning Kirovsk va Balakov shaharlaridagi shoʻʼba korxonalari, Volxov shahridagi "Metaxim" korxonasi va boshqa zavodlar kiradi.

Asosiy mavzular