12:01 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Uzbekskiye sumы

Eski namunadagi banknotlar va tangalar almashtirib beriladi – Markaziy bank

CC BY 2.0 / Peretz Partensky / Inflation
Iqtisod
Havola olish
206 0 0

2019 yilning 1 iyulidan boshlab bank kassalariga topshirilgan 1997 yil namunasidagi 200 soʻmlik va 1999 yil namunasidagi 500 soʻmlik banknotlar tijorat banklari filiallari tomonidan almashtirib beriladi.

TOSHKENT, 2 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muomaladan chiqariladigan banknotlar haqida axborotni eʼlon qildi.

Maʼlumki, 2019 yil 1 iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi (2001-2002, 2004 va 2009 yillar namunasidagi) 50 soʻmlik, 100 soʻmlik tangalari hamda (1994 yil namunasidagi) 50 soʻmlik va 100 soʻmlik banknotlari toʻlov qobiliyatini yoʻqotadi va muomaladan chiqariladi.

Adliya vazirligida 2018 yil 19 mayda 3014-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan:

Joriy yil 1 iyul kuniga qadar eski namunadagi 50 soʻmlik va 100 soʻmlik banknotlar va tangalar Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob kassa markazlari, barcha tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan qabul qilinib, almashtirib berildi;

2019 yil 1 iyuldan boshlab eski namunadagi 50 soʻmlik va 100 soʻmlik tangalar va banknotlar tovar va xizmatlar uchun toʻlovga qabul qilinmaydi.

Aholi qoʻlida qolib ketgan eski namunadagi 50 soʻmlik va 100 soʻmlik tangalar va banknotlarni bevosita Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlarida yangi namunadagi tangalarga va muomalada boʻlgan boshqa nominaldagi banknotlarga almashtirib olishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, yuqoridagi Nizomga asosan eski namunadagi 200 soʻmlik va 500 soʻmlik banknotlar 2020 yil 1 iyulga qadar muomalada boʻladi hamda ushbu muddatga qadar qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadi.

2019 yilning 1 iyulidan boshlab bank kassalariga topshirilgan 1997 yil namunasidagi 200 soʻmlik va 1999 yil namunasidagi 500 soʻmlik banknotlar tijorat banklari filiallari tomonidan almashtirib beriladi.

Asosiy mavzular