15:39 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Bexzod Musayev glava GNK

Soliq yuki kamaytirilsa ham byudjetga tushumlar 1,5 baravar oshdi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
31610

Soliq yuki kamaytirilishi natijasida - byudjet tushumlari va yangi ish oʻrinlari soni keskin oshmoqda - DSQ raisi.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtgan yarim yil davomida soliq yuki kamaytirilgan boʻlishiga qarmasdan, byudjetga tushumlar miqdori 162 %ga oshdi, dedi Davlat Soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Musayev aytishiga qaraganda, 2019 yil boshidan buyon ham tadbirkorlarga nisbatan ham jismoniy shaxslarga nisbatan soliq bosimi kamaytirilgan. Xususan - 3.2 % ijtimoiy toʻlovlar yoʻq qilingan, maoshlardan olinadigan daromad soligʻi 22 % dan 12 % ga tushirilgan, 8 % sugʻurta badali yoʻq qilingan, mol-mulk soligʻi 5 %dan 2% ga tushirilgan, tadbirkorlardan olinadigan yagona ijimoiy solliq 22 %dan 12 % ga tushirilgan.  

Qoʻshimcha daromad va ish oʻrinlari

Buning natijasida 500 trillion soʻm mablagʻ xoʻjalik subʼyektlari ixtiyorida qoldi. Bu Oʻzbekiston YAIMning 2% i degani.  

Shuningdek jismoy shaxslar qoʻlida 1,4 trillion soʻm qoldi. Oylik oshmadi, boshqa daromadlar qoʻyilmadi, faqat soliq bosimini kamaytirish natijasida shuncha qoʻshimcha daromad olindi.

Tadbirkorlik subʼyektlari imkoniyat ochilganini his qildi. Bu birinchi navbatda yaratilayotgan ish oʻrinlari sonidan koʻrish mumkin.

2019 yilning birinchi yarmida 571 ming ish urinlari yaratildi yoki legallashtirildi, desak ham boʻladi.  Oʻzi yillik rejamiz 575 ming edi, yarim yil ichida u bajarib boʻlindi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi

Yil boshida biz 35 ming tadbirkor qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashga oʻtadi deb rejalashtirgan edik. Lekin yarim yilning oʻzida QQS toʻlovchilari soni 48 ming kishini tashkil qildi. Yil oxiriga qadar ularning soni 75 mingga chiqishi kutilmoqda.

Soliqlar kamayishi natijasida byudjet tushumlari boʻyicha qoʻrquvimiz bor edi. Lekin birinchi yarim yillikda 162 % oʻsishga erishdik, 2018 yilning shu davriga nisbatan. Demak qoʻyilgan qadamlar toʻgʻri ekan.

Prezident farmonining asosiy mohiyati – sogʻlom raqobat muhitini yaratish. Hozirgi kunda QQS kiritilishi bilan ayrim sohalarda imtiyozlar saqlanib qolgani uchun, raqobat muhiti bir xil boʻlmasdan QQS zanjiri uzilib qolayotgan edi. ushbu zanjirni yaratish uchun ushbu farmon qabul qilingan.

Misol. Ushbu farmon chiqanidan soʻng birinchi yarim yillikda bizga juda koʻp fermerlar murojaat qilishdi. Ular “Biz ham QQS toʻlovchisi boʻlaylik, chunki, mahsulot ishlab chiqarishda biz ham oʻgʻit sotib olamiz, yonilgʻi-moylar sotib olamiz, gaz sotib olamiz – bularning barchasi QQS toʻlanadiga mahsulotlar. Biz QQSdan ozod boʻlsak, ushbu xarajatlar toʻliq mahsulot tannarxiga qoʻshiladi. Oqibatda xarajatlar miqdori oshib ketadi.  

Jazo oʻrniga yordam berildi

Undan tashqari, prezident soliqchilarga tadbirkorlarga siz deb murojaat qilasizlar, tekshirmaysizlar deb aytganidan soʻng, yil boshidan buyon birorta ham tadbirkor maʼmuriy javobgarlikka tortilmadi. Aksincha soliqchilar joylarda boʻlib kameral nazorat oʻtkazdi, aniqlangan kamchiliklar koʻrsatildi. Toʻgʻrilangan kamchiliklar umumiy qiymati 14,3 trillion  soʻmni tashkil qildi. Avvalari bunday xatolar uchun ulan jarima toʻlash kerak boʻlardi.

Asosiy mavzular