01:23 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov

Investorlar barcha uchun teng sharoit talab qilmoqda – vazir  

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
29210

Oldin investorlar bizdan imtiyoz soʻragan boʻlsa, endi ular imtiyozlarni bekor qilishni soʻramoqda - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri.

TASHKENT, 3 iyul – Sputnik. Oldin investorlar bizdan imtiyoz soʻragan boʻlsa, endi ular imtiyozlarni bekor qilishni soʻramoqda, dedi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Sputnik muxbiri xabariga asosan.  

Soliq tizimini takomillashtirish, soliq bosimini barcha orasida teng taqsimlash xorijiy investorlar kelishi uchun juda muhim, dedi Umurzoqov.

“Oldin kelayotgan investorlar bizga qanday imtiyozlar berasizlar deb soʻragan boʻlsa, xozir kelayotganlari -  imtiyozlarni qachon bekor qilasizlar. Bizga teng sharoit kerak, deb murojaat qilmoqda”, - dedi vazir.

Tashqi savdo investitsiyalar vazirining soʻzlariga koʻra, yaqinda Oʻzbekistonda investitsiyalar haqida yangi qonun chiqadi. Ushbu sohada oldin qabul qilingan barcha qonuniy aktlar, qarorlar va farmonlar inventarizatsiya qilinib, yangi qonunda oʻz aksini topadi. Shunda investorlar uchun ham soha boshqaruvchilari uchun ham ancha oson boʻladi.

Asosiy mavzular