20:46 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Saxarnыy pesok

Eksportni oshirish uchun aqlli import qilish kerak - ekspert

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
442 0 0

Oʻzbekiston import va eksportni boshqarishda SSSRda qoʻllanilgan "Orjonikidze roʻyxatini" tuzib olishi kerak - Sputnik kolumnisti Dmitriy Verxoturov.

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis senatining 20 majlisida shunday gap aytgan edi: “Import – bu xorijiy mamlakat ishchilariga maosh toʻlash” degani. Shunday yoʻl bilan prezident Oʻzbekiston import siyosatini qayta koʻrib chiqish vaqti kelganini aytgan edi.   

Menga ushbu iboraning aniq mazmuni juda maʼqul keldi. U har qanday importning iqtisodiy mohiyatini aks ettiradi. Mirziyoyev ushbu iborani qoʻllashidan, uning iqtisodni chuqur tushunishini anglashimiz mumkin. Oʻzbekistonda aholi soni va ishsizlik darajasini hisobga olganda - ushbu masala qanchalik dolzarb ekanini tushunsa boʻladi. 

Import – bu juda koʻp qirrali jiddiy masala

Oʻzbekistonda import muammosi bor va juda jiddiy. Soʻnggi 2 yil davomida Oʻzbekiston importi ildam qadamlar bilan oshib bormoqda. 2018 yil yakunida Oʻzbekiston importi miqdori  $ 19,5 milliard dollarni, eksporti miqdori esa  $ 14,25 milliardni tashkil qilgan edi.

Koʻrinib turibdiki, import hajmi eksportga qaraganda 5,5 milliard dollarga koʻp. Xoʻsh, ushbu farq qayerdan nimaning evaziga qoplanmoqda? Birinchidan, bu migrantlar yuborayotgan valyuta evaziga boʻlsa (4,8 mlrd $), ikkinchidan – tashqi qarz oshishi hisobidan. Ayni damda Oʻzbekiston tashqi qarzi  $ 19,5  mlrdga yaqinlashib qolgan.

Ushbu faktlarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston import-eksportning aniq va ravshan siyosatini ishlab chiqish vaqti kelganini anglash mumkin.  

Lekin import siyosati juda nozik ishdir. Chunki u respublika hayotining bir necha jabhalarini qamrab oladi. Bu sohada ehtiyotkor boʻlish kerak.  

Masalan, Oʻzbekistonga juda kerak boʻlgan mahsulotlar: ishlab chiqarish uskunalari, poʻlat prokati, elektronika mahsulotlari importini cheklash mumkin emas, chunki unda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar oqsab qoladi. 2018 yilda Oʻzbekistonga olib kelingan sanoat uskunalari narxi 7,2 mlrd dollarni, eksportning 42 %ini tashkil qildi. Undan tashqari Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlar bor, masalan - yogʻoch.

Shuningdek, importning siyosiy tomonlarini ham hisobga olish kerak. Oʻzbekiston tashqi savdosining 70% YEOII davlatlariga toʻgʻri keladi. Ular orasida birinchi navbatda Rossiya va Qozogʻiston. Hamkorlar bilan ham munosabatlarni buzish yaxshi natijalarga olibk kelmaydi.

Oʻzimiz shakar ishlab chiqaramiz

Shakar bu oddiy mahsulot boʻlib koʻrinsada importga uning taʼsiri katta. Oʻzbekistonda juda koʻp meva cheva yetishtiriladi. Ularni hoʻlligicha eksport qilish mushkul. Shuning uchun ularni konserva shaklida eksport qilish Oʻzbekiston uchun qulay va daromadli boʻlar edi. Lekin buning uchun juda koʻp shakar kerak.

Oʻzbekistonda esa shakar zavodlari qurilgan boʻlsada, shakar ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslar yoʻq. Xususan, shakar qamish va qand lavlagi oʻsmaydi. Undan tashqari shakar sanoati ulkan miqdorda suv talab qiladi. Oʻzbekistonga esa yiliga 800 ming tonna shakar kerak boʻladi. Ustiga ustak shakar miqdori isteʼmoli yildan yilga oshib bormoqda.

Oʻz shakarini yetishtirish uchun Oʻzbekiston shakar sorgosi oʻsimligidan foydalanishi mumkin. Lekin bu yangi oʻsimlik boʻlgani uchun uni yetishtirishni yoʻlga qoʻyish uchun bir necha yillar kerak boʻlishi mumkin.

Undan tashqari umuman Oʻzbekistonda shakar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish masalasi mutaxasisslar tomonidan yaxshilab hisoblab, koʻrib ishlab chiqilishi kerak. Chunki faqatgina ushbu bir mahsulotni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish Oʻzbekiston iqtisodi tarkibini butunlay oʻzgartirib yuborishi mumkin.

Importni boshqarish boʻyicha SSSR tajribasi

Importni cheklash muammosi bilan koʻplab mamlakatlar duch kelgan. Masalan, SSSR davrida ham har bir import qilinayotgan mahsulotni mamlakat ichida ishlab chiqarish masalasi qayta-qayta oʻrganib chiqilgan.  

Aytishlaricha, SSSR ogʻir sanoati komissari Sergo Orjonikidze qoʻlida import qilinadigan mahsulotlarning maxsus roʻyxati boʻlgan. Har bir mahsulotning yonida esa – ushbu mahsulotning mamlakat ichida ishlab chiqarilishi mumkin boʻlgan hajmi yozilgan. Biror mahsulot mamlakat ichida ishlab chiqarish boshlanganidan soʻng uni import qilish taʼqiqlangan. Menimcha, Oʻzbekiston import siyosati ham qandaydir maʼnoda Orjonikidze uslubini qoʻllasa boʻladi.

Qaysi mahsulot importini saqlab qolish, qaysi birini toʻliq ichki mahsulot bilan almashtirish va qanday mahsulot importini cheklash – bu murakkab hisob-kitob va savdo diplomatiyasi yoʻlidir.

Lekin bunday roʻyxatni tuzish, respublika boʻyicha mahsulot hajmini aniqlash va ayniqsa uning Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishi kerak boʻlgan ulushini belgilan – bu jiddiy intellektual kuch talab qiladigan masaladir.

Asosiy mavzular