07:54 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
GRES

Markaziy Osiyo davlatlari yagona elektr energiya bozorini yaratishadi

© Sputnik / Sergey Pivovarov
Iqtisod
Havola olish
404 0 0

Turkiyada oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Energetika vaziri oʻrinbosari elektr energiyasi mintaqaviy birjasini tashkil etishni taklif qildi. Mazkur tashabbus konferentsiyaning barcha ishtirokchilari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

TOSHKENT, 6 iyul - Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari Istanbulda oʻtkazilgan Energetika islohotlari boʻyicha ikkinchi konferentsiya yakunida energetika sohasi islohotlari boʻyicha hamkorlik qilish hamda yagona elektr energiyasi bozorini yaratishga kelishib oldilar.

Energetika islohotlari boʻyicha Markaziy Osiyo ikkinchi konferentsiyasi joriy yilning 4 iyul kuni Istanbul shahrida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Turkiya Energetika vazirligi koʻmagida oʻtkazildi. Konferentsiyada Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻoniston energetika vazirliklari hamda davlat kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir ochilish marosimida Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi bosh direktori Mitxat Jonsiz, Oʻzbekiston Energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayev soʻzga chiqdilar.

Oʻzbekiston Energetika vaziri oʻrinbosari oʻz soʻzida elektr energiyasi mintaqaviy birjasini tashkil etishni taklif qildi. Mazkur tashabbus konferentsiyaning barcha ishtirokchilari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi ushbu tashabbusni amalga oshirishda Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda yordam berishga, oʻz navbatida OTB ham ushbu masalada mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Tadbir doirasida mintaqa davlatlari energiya tizimini integratsiya qilish, shuningdek bu borada hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildi. Konferentsiya yakuni boʻyicha energetika sohasi islohotlari boʻyicha hamkorlik qilish hamda yagona elektr energiyasi bozorini yaratish xususida qoʻshma deklaratsiya imzolandi.

Energetika islohotlari boʻyicha Markaziy Osiyo birinchi konferentsiyasi Oʻzbekiston hukumati tashabbusi bilan OTB koʻmagida 2018 yil Toshkent shahrida oʻtkazilgan.

Asosiy mavzular