O‘zbekiston hukumati energoresurslar tariflarini oshirmoqchi

© Sputnik / Petr Chernov / Mediabankka o‘tishEnergosberegayushie lampochki
Energosberegayushie lampochki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Energoresurslar tariflari inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda optimallashtiriladi. Tarif islohotlari og‘riqsiz kechishi uchun eng kam ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. O‘zbekiston hukumati energoresurslar tariflarini oshirmoqchi. Ushbu masala O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan.

Lampi nakalivaniya - Sputnik O‘zbekiston
Energetika vazirligi elektr-energiyasi narxini ko‘tarish bo‘yicha yangi taklifni tayyorlamoqda

O‘zgarishlar amalga oshirilishi muddati hozircha e’lon qilingani yo‘q.

Prezident matbuot xizmatida ta’kidlanishicha, oxirgi ikki yilda aholi, ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilgan.

"Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tegishli tarmoqlarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash va xarajatlarni optimallashtirish talab etilmoqda. Bularsiz tarmoqlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash va sohaga faol investitsiyalarni jalb qilish imkonsiz", - deyiladi xabarda.

Ayni paytda aholi uchun tariflarni keskin oshirmasdan, inflyatsiya darajasiga yaqin miqdorda o‘zgartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tarif islohotlari xalqqa yengil bo‘lishi uchun eng kam ish haqini ham oshirish rejalashtirilgan.

Prezident tariflarni tartibga solish bo‘yicha taklif etilayotgan islohotlarni aholiga to‘liq yetkazish zarurligini ta’kidlagan.

Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Gaz va svet narxi oshmaydigan bo‘ldi

"Soliq islohotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi a’zolari, shuningdek, mahalliy kengashlar deputatlari, iqtisodiyot va kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari mutasaddilari joylarga borib, har bir mahallada aholiga tariflar o‘zgarishining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha vazifalar belgilandi", - deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda soliq islohotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi a’zolari, shuningdek, mahalliy kengashlar deputatlari, iqtisodiyot va kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari mutasaddilari joylarga borib, har bir mahallada aholiga tariflar o‘zgarishining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq hukumat tabiiy va suyultirilgan gaz, shuningdek elektr energiya narxi 1-iyundan boshlab takroriy oshirilishi bo‘yicha chiqarilgan qarorni bekor qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0