12:25 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Prezident avtomobillar ishlab chiqarish hajmini oshirishni buyurdi

© Press-slujba prezidenta
Iqtisod
Havola olish
558 0 0

Shavkat Mirziyoyev 2023 yilga qadar Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 250 mingdan 350 mingga yetkazishni buyurdi.

TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

“Avtomobil sanoatini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda “Oʻzavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasiga umumiy ishlab chiqarish hajmini 2023 yilga qadar hozirgi 250 mingdan 350 ming donaga, eksport hajmini kamida 100 ming donaga yetkazish vazifasi qoʻyildi” – deyilgan xabarda.

Buning uchun, avvalo, tarmoqda ilgʻor boshqaruv tizimini joriy qilish, xorijiy konsalting kompaniyalari mutaxassislarini jalb etib, ishlab chiqarish va mahsulot tannarxini optimallashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar koʻplab davlatlarga eksport qilinadi, istiqbolli bozor Rossiya boʻlib qolmoqda.
Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan

Shuningdek prezident ushbu sohada 2019 yilning 1 oktyabridan imtiyozlar bekor qilinishi munosabati bilan korxona raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish kerakligini taʼkidladi.

Bugungi kunda 5 turdagi yengil avtomobil 5 ta alohida platformada ishlab chiqarilayotgani ham xarajat, resurs va vaqt sarfini koʻpaytirib, mahsulot narxiga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Shu bois yigʻilishda yagona platformada bir necha markadagi avtomobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. 

Ushbu yigʻilishda soha rahbariyati bergan axborotga koʻra, Oʻzbekistonda 2019 yilning birinchi yarmida ishlab chiqarish oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 154 foizga oshib, 1 trillion soʻm sof foyda olingan. Qariyb 73 million dollarlik avtomobillar eksport qilingan. Ichki bozorda mahalliy avtomashinalar ulushi 97 foizga yetgan. 

“Biroq  lokalizatsiya darajasi hozircha maqtanarli emas: yengil avtomobillar ishlab chiqarishda - 45 foiz, yuk avtomobillari va avtobuslarda -  24 % xolos”, - deyilgan xabarda. 

Yigʻilishda lokalizatsiya darajasini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish orqali eksportni koʻpaytirish masalalari ham muhokama qilindi. 

Asosiy mavzular