O‘zbekistonlik investor Tojikistonda zavod quradi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishMetallurgicheskiy zavod "Krasniy Oktabr" v Volgograde
Metallurgicheskiy zavod Krasniy Oktabr v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik investor Tojikistonda metallni qayta ishlash zavodini quradi.

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. O‘zbekistonlik investor Tojikistonda metall qayta ishlash kichik zavodni qurish uchun 1,8 million dollardan ortiq mablag‘ ajratishni rejalashtirdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Tadjikskiy alyuminiyeviy zavod, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Tojikiston alyuminiy zavodiga 545 million dollarlik investitsiya kiritadi

“O‘tgan yil oxirida “Oxankor” MChJ (O‘zbekiston) “So‘g‘d” EIZ hududida metall chushkalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha tasdiqlangandi. Kompaniya obyektni qurilishiga 1,8 million dollardan ortiq mablag‘ kiritishi mumkin”, - deb ma’lum qilindi Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida.

Zavod zavonaviy ekologik asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.

Tayyor mahsulot kelgusida qayta ishlash uchun O‘zbekistonga eksport qilinadi.

Zavodda armatura, profil, ugolnik va bloklar ham ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0