Birinchi muvaffaqiyatdan so‘ng O‘zbekiston yana yevrobondlar chiqaradi

© review.uzPredsedatel Sentralnogo banka Uzbekistana Mamarizo Nurmuratov
Predsedatel Sentralnogo banka Uzbekistana Mamarizo Nurmuratov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro qarz bozorida birinchi muvaffaqiyatli emissiyadan so‘ng, O‘zbekiston yil oxiriga qadar yana bir marotaba obligatsiyalar chiqaradi - Markaziy bank.

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. O‘zbekiston bu yil yana  bir partiya yevrobondlar chiqarishi mumkin. Bu haqida Sankt-Peterburgda 3-5  iyul kunlari bo‘lib o‘tgan xalqaro moliyaviy kongress doirasida Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratovning Blumberg agentligiga ma’lum qildi.  

“O‘zbekiston yil oxiriga qadar qiymati dollarda bo‘lgan yevrobondlar chiqarishi mumkin. Bu bizga mamlakat “kredit tarixini” yaratish uchun kerak. O‘zbekiston xalqaro qarz bozoriga yaqinda chiqdi, fevral oyida chiqarilgan yevrobondlar birinchi qadam bo‘ldi. Investorlar esa “kredit tarixi” bilan qiziqadi”, - dedi Markaziy bank raisi.

Uzoq yillar davomida xalqaro kredit bozori uchun yopiq bo‘lgan O‘zbekistonga so‘nggi yillarda xalqaro kreditorlar tomonidan katta qizqish bildirilmoqda. Fevral oyida qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan 10-yillik yevrobondlar chiqarildi.

Ofis banka Rayffayzen - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yevrobondlar bozorida "istiqbolli yulduz" – Rayffayzenbank

Bloomberg Barclay indeksiga ko‘ra, O‘zbekistonning birinchi partiya obligatsiyalariga investorlar orasida talab juda katta bo‘ldi. O‘sayotgan bozorlarda o‘rtacha foiz stavkasi 6,2 % bo‘lib turgan bir vaqtda O‘zbekiston obligatsiyalari 8,4% gacha ko‘tarildi.

Birinchi muvaffaqiyatdan so‘ng O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yil oxiriga qadar yana bir marta ana shunday emissiya chiqarishni rejalashtirmoqda.

“Ikkinchi partiya obligatsiyalar dollarda chiqariladi, chunki bizning tashqi savdo asosan dollarda olib borilmoqda. <...> Xalqaro qarz bozoriga chiqar ekanmiz, biz xorijiy investorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish uchun signal bermoqdamiz.”, - dedi Nurmuratov.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston islohotlarning birinchibosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirib iqtisodini qayta qurmoqda. 2019-yilda aholisi 30 million kishi bo‘lgan mamlakatda YaIM o‘sishi 5,5 % bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0