18:46 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Oʻzbekistonda 2ta yangi gaz koni topildi

© Uzbekneftegaz
Iqtisod
Havola olish
651 0 0

Fargʻonadagi “Chaqar” hamda Qoraqalpogʻistondagi “Oraliq” konlarida gaz xom-ashyosining sanoat miqdori topildi.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda 2ta yangi gaz koni topildi, deb xabar qilmoqda “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Qoraqalpogʻistondagi “Oraliq” gaz konida  

Qaraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani hududida joylashgan, 1-qidiruv qudugʻining chuqurligi 3910 metrni tashkil etadi. Sinov ishlarining natijalariga koʻra bu quduqda  tabiiy gazning sanoat oqimining sutkalik debiti 300 ming m3 miqdorida.     

Bundan buyon mazkur quduqda mahsulot boʻlishi mumkin boʻlgan gorizontlarni tadqiq qilish ishlari davom ettirilib, qatlamlarning koʻlamini aniqlash uchun gaz-kondensat tadqiqodlari oʻtkaziladi. Bundan tashqari mutaxassislar kon-geofizika tadqiqodlarining toʻliq kompleksini oʻtkazgan holda yana navbatdagi ikkita – 2-sonli va 3-sonli qidiruv quduqlarini burgʻilashadi. 

Fargʻonadagi “Chaqar” konida

“Chaqar” strukturasi Andijon viloyatining Buloqboshi tumani hududida joylashgan. Joriy yilning mart oyida mutaxassislar 2-quduqni burgʻilashni boshlashgan. 2019 yil 10 iyulida esa 1710 metr chuqurlikda tabiiy gazning sanoat oqimi olindi, uning sutkalik debiti 300 ming m3 miqdorida.     

Yaqin kelajakda qatlamlarning koʻlamini aniqlash uchun gaz-kondensat tadqiqodlarini oʻtkazish  hamda kon-geofizika tadqiqodlarining toʻliq kompleksini oʻtkazgan holda yana ikkita quduq burgʻilash rejalashtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekneftgaz” AJ bugungi kunda yiliga 70 milliard metr kub tabiiy gaz hamda 8 million tonna suyuq ugelvodlar qazib oladi. Aytish joizki, zahiralar tugashi munosabati bilan soʻnggi 15 yil davomida suyuq uglevodlar qazib olish hajmi keskin kamaygan. Tabiiy gaz qazib olish hajmi yiliga oʻrtacha 6 %ga oʻsib kelmoqda.

Asosiy mavzular