O‘zbekistonda 1-avgustdan jarimalar miqdori ham oshadi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2019-yil 1-avgustdan ma’muriy jarimalar miqdori oshishi haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi 2019-yil 1-avgustdan ma’muriy jarimalar miqdori oshishi haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berdi.

Qonunchilikka muvofiq jarima huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Prezident farmoniga muvofiq 2019-yil 1-avgustdan eng kam ish haqining 10 foizga oshishi belgilandi.

“Shunga ko‘ra, turli ma’muriy jarimalarning miqdorlari ham 2019-yil 1-avgustdan 10 foizga oshadi”, - deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Bunda, jarimalar huquqbuzarliklar sodir etilgan vaqtdagi eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha to‘lanadi. Masalan, 28-iyul kuni haydovchiga transport vositasida harakatlanishda telefondan foydalanganligi uchun ma’muriy bayonnoma tuzildi. 1-avgustdan jarimalar miqdori o‘zgarishiga qaramasdan, mazkur haydovchi 60 kun ichida 28-iyulda amalda bo‘lib turgan jarimani (608 190 so‘mni) to‘lashi lozim bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0