01:35 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Linii elektroperedach (LEP)

Ertaga “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish loyihasi imzolanadi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Iqtisod
Havola olish
244 0 0

Ertaga Oʻzbekistondan Afgʻonistonga elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik loyiha imzolanadi.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston va Afgʻoniston ertaga, 17 iyul kuni “Surxon – Puli-Xumri” LEP-500 -  elektr uzatish liniyasi loyihasini imzolaydi. Bu haqida Sputnik muxbiriga prezidentning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev xabar qildi. 

“Ertaga boʻlib oʻtadigan qoʻshma komissiyamiz yigʻilishida vazirimiz aytib oʻtgan elektr energiyasini uzatish  - LEP 500 Surxon-Puli-Xumri proyektiga qoʻl qoʻyamiz va shu bilan birgalikda Oʻzbekiston va Afgʻoniston hukumatlari oʻrtasida 10 yil davomida bu elektr quvvatini sotib olish boʻyicha sharnomaga ham imzo chekib, bu proyektni amalga oshirishni boshlaymiz”, - dedi Irgashev.

Maʼlumot uchun, ushbu elektr uzatish liniyasining dastlabki qiymati 150 million dollar boʻladi va undan 32 millioni Oʻzbekiston ichida amalga oshiriladigan ishlar uchun qolgan 118 millioni Afgʻonistonda bajariladigan ishlarga sarflanadi. Elektr uzatish liniyasi uzunligi 260 kilometrni tashkil qiladi, undan 45 kilometri Oʻzbekiston hududi boʻylab, 215  kilometri – Afgʻoniston hududi boʻylab oʻtadi.

Loyiha oʻzini qoplash muddati – 12 yil, oʻtkazish quvvati – 1000 MVt. Yaʼni undan qoʻshni mamlakatga kuniga 24 mln Vt/soat, yiliga esa 6 milrd kVt/soat energiya yetkazib berish mumkin.  

Bugungi kunda Afgʻonistonda elektr energiyasiga juda katta ehtiyoj mavjud, Oʻzbekiston boʻlsa – uning asosiy yetkazib beruvchisidir. Kelajakda yetkazib berilayotgan energiya hajmi oshishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Afgʻonistonga 2002 yildan buyon elektr energiyasi yetkazib beradi. 2002 yilda 62 mln kVt/soat boʻlsa 2018 yilda yetkazib berilgan energiya hajmi – 2 mlrd. kVt/soatga yetdi.

Asosiy mavzular