01:29 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Voditel furы na tamojennom postu v Chernyaxovske.

Oʻzbekiston va Rossiya transportda yuk tashish hajmini oshiradi

© Sputnik / Yevgeniy Karasev
Iqtisod
Havola olish
130 0 0

2018 yilda ikki davlat oʻrtasida avtomobilda tashilgan yuk hajmi 888,5 ming tonnani tashkil etgan. Bu 2017 yilgi koʻrsatkichlardan 48 % ga ortiq deganidir.

TOSHKENT, 16 iyul - Sputnik. Moskva shahrida avtomobil tashuvlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Oʻzbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamenti boshligʻi oʻrinbosari Avazjon Tursunov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi transport vazirligi vakillari bilan uchrashdi. Jumladan, “Rosavtotrans” bosh direktori Aleksey Dvoynix bilan davlatlar oʻrtasida oʻzaro yuk tashish hajmini oshrish bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan muzokara boʻlib oʻtdi. 

Xabarda yozilishicha, uchrashuv qatnashchilari ikki tomonlama savdo-sotiq munosabatlari rivojlanib borayotganini, davlatlar oʻrtasida avtomobilda yuk tashish koʻrsatkichlari sezilarli oʻsganini qayd etishdi.

2018 yilda ikki davlat oʻrtasida avtomobilda tashilgan yuk hajmi 888,5 ming tonnani tashkil etgan. Bu 2017 yilgi koʻrsatkichlardan 48 % ga ortiq deganidir. Import tashuvlari 29 % ga, eksport tashuvlari esa 75,5 % ga ortgan. 2019 yilning birinchi choragida esa ikki tomonlama yuk tashuvlari hajmi 211,8 ming tonnani tashkil etgan. Bu 2018 yilning huddi shu davri bilan solishtirganda 74,2 % oʻsishga erishilganini anglatadi. Jumladan import tashuvlari xajmi 1,5 marotabaga, eksport esa deyarli 2 foizga koʻpaygan. 

“Uchrashuvda milliy tashuvchilarning mavjud ehtiyojlarini inobatga olib, uchinchi davlatlardan yoki uchinchi davlatlarga tashuvlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma blankalarini joriy yilda 5000 taga qadar koʻpaytirishga kelishib olindi. Bir oy davomida qoʻshimcha 1000 ta ruxsatnoma blankalarini almashtirish rejalashtirildi. Ikki davlat oʻrtasida transportda tashuvlar hajmini koʻpaytirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tomonlar 2020 yil uchun ruxsatnoma blankalari sonini 6000 ta etib belgilashga kelishib olishdi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, muzokaralar davomida ikki davlat oʻrtasida yoʻlovchilarni muntazam ravishda tashishni tashkil etish, xalqaro avtomobil tashuvlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bazasi toʻgʻrisida maʼlumot almashish masalalari muhokama etildi.

Asosiy mavzular