19:27 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Mujchinы s portfelem v ruke. Arxivnoye foto

Oʻzbekistonda eng koʻp yangi korxonalar tashkil qilgan davlatlar maʼlum boʻldi

© Sputnik / Aleksey Danichev
Iqtisod
Havola olish
57610

Oʻzbekistonda 2019 yilda xorijiy kapital ishtirokida 1715 ta yangi korxona roʻyxatga olingan. Bu 2018 yilning mos davri bilan solishtirilganda sal kam ikki baravar ortiq ekanligi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston davlat statistikasi qoʻmitasi xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil qilingan korxonalar toʻgʻrisida maʼlumot tayyorladi.

Oʻzbekistonda 2019 yilda xorijiy kapital ishtirokida  yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1715 ta tashkil etdi. Bu 2018 yilning mos davri bilan solishtirilganda sal kam ikki baravar ortiq ekanligi maʼlum boʻldi.

Reytingda yetakchilikni Xitoy egalladi, uning investitsiyasi ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 289 ta tashkil qildi. Ikkinchi oʻrinda Rossiya (251 ta korxona), uchinchi oʻrinda Turkiya (231 ta korxona).

Rossiya biznesi shu yilda Oʻzbekistonda sanoat korxonalari (30,7%), savdo-sotiq (29,2 %), qurilish (11,4%), qishloq xoʻjalik (8%) sohalarda yangi korxonalar tashkil qildi.

2019 yil 1 iyul holatiga Oʻzbekistonda xorijiy kapital ishtirokida 9014 ta korxona faoliyat koʻrsatgan, ulardan Rossiya investitsiyasi ishtirokida 1631 ta korxona.

Asosiy mavzular