QQSdan ozod etiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishMasopererabativayushee predpriyatie APX "Miratorg" v Branskoy oblasti
Masopererabativayushee predpriyatie APX Miratorg v Branskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda import qilingan go‘sht 1-oktabrgacha QQSdan ozod etildi.

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Faqat maxsus korxonalarda so‘yilgan hayvonlar go‘shti savdoga chiqariladi - yangi qonun

Ma’lumki, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilinganda beriladi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda import qilingan go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (qoramol va parranda) hamda ularning so‘yish mahsulotlari ham qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.

Yangiliklar lentasi
0