13:47 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
579 0 0

Loukoster kompaniyalar xarajatlarni qanday kamaytiradi va qayerdan daromad oladi - ekspert fikri.

TOSHKENT, 17 iyul – Sputnik. Maʼlumki, odatiy aviakompaniya va loukoster aviakompaniyalar chipta narxlari orasida katta farq bor. Loukoster aviakompaniya biletlari bir necha baravar arzon boʻlishi mumkin.

Xoʻsh, buning siri nimada, nimaning hisobidan loukoster aviakompaniya chiptalari buncha arzon?  

Ushbu savol bilan Sputnik muxbiri aviatsiya sohasi va biznesni boshqarish boʻyicha mutaxassis Lovkovskiy Vasiliyga murojaat qildi.  

Ekspert fikriga koʻra loukoster aviakompaniyalar quyidagi omillar evaziga chipta narxini arzon qilishga muvaffaq boʻlishadi:  

  • Faqat yangi samolyotlardan foydalanish - chunki samolyot qanchalik yangi boʻlsa, uni shunchalik kamroq taʼmirlash kerak boʻladi va undan foydalanish xarajatlari arzonlashadi.
  • Faqat bir xil modeldagi samolyotlardan foydalanish – masalan, Ryan Air, "Pobeda" kabi aviakompaniyalarga nazar solsangiz, ular faqat bir xil samolyot modellaridan foydalanishadi. Buning bir necha ustunlik taraflari bor:  birinchidan ular bir necha dona bir xil samolyot sotib olishda ishlab chiqaruvchidan chegirma olishlari mumkin. Ikkinchidan esa – bir xil modeldagi samolyot uchun bir xildagi ehtiyot qismlar zaxirasi kerak boʻladi. Uchinchidan – mexanik va uchuvchilarni tayyorlashda ham bir xil samolyot qulay.
  • Xodimlariga kuchliroq talablar qoʻyish evaziga - ular tezroq va xatosiz ishlashi kerak boʻladi. Masalan, hozirgina uchib kelgan samolyotni tezroq koʻzdan kechirib, yangi parvozga tayyorlashi va hokazo. Har bir xato yoki yoʻqotilgan vaqt  – bu jarima, pul.
  • Samolyotlar yerdan koʻra havoda koʻproq vaqt oʻtkazish natijasida. Oʻrtacha hisoblaganda, ularning uchish soati – juda koʻp. Buning evaziga ularning qimmatbaho yerda turish vaqti kamayadi.
  • Xizmatlar soni va turini cheklash natijasida - aviakompaniya katta va qimmat infratuzilmadan voz kechishi mumkin. Shu sabab siz loukoster kompaniya samolyotlarida ekranlar yoki turli-xil taomlarni uchratmaysiz. Infratuzilma qancha oddiy boʻlsa – xarajat shuncha kam.
  • Camolyotlari doim liq toʻla uchish evaziga - ularda koʻp joy egallaydigan biznes klass oʻrindiqlar yoʻq. Ularning oʻrniga ham koʻproq yoʻlovchi olinadi. Shuningdek, parvoz jadvallari ham shunga mos ravishda tuziladi. Natijada samolyot doim toʻla.
  • Xodimlarga kamroq maosh toʻlash evaziga- loukoster kompaniyalar tajribali va katta maosh soʻraydigan uchuvchilar bilan emas – yosh va arzonroq personal olib uni oʻzlari tayyorlashni maʼqul koʻrishadi. Shuning evaziga ularga kamroq maosh toʻlash imkoni ham paydo boʻladi.

Xoʻsh, ushbu kompaniyalar faqat iqtisod qilish bilan shugʻullansa, chiptalarni arzon narxda sotsa, ular nimaning hisobidan yashaydi, qanday daromad oladi?

Loukoster kompaniyalarda odatda chipta narxi - unning tannarxiga yaqin boʻladi. Koʻp hollarda yoʻlovchilarga albatta u yoki bu qoʻshimcha xizmatlar kerak boʻladi. Masalan, bagaj olib uchish, parvozda ovqatlanish, oʻrindik joyini oldindan belgilash kabi. Shuning uchun ular chipta sotib olinganidan soʻng yoki parvoz oldidan qoʻshimcha haq toʻlaydi.

Agar siz odatiy kompaniya taklif etadigan barcha xizmatlarni loukoster kompaniyadan xarid qilsangiz – chipta narxi odatiy aviakompaniya narxidan ham ancha qimmat boʻladi. Shuni bilib qoʻyish kerak.

Asosiy mavzular