08:39 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors

Mirziyoyev oddiy xalq uchun hamyonbop mashinalar ishlab chiqarishni buyurdi

Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan
Iqtisod
Havola olish
1796 0 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarishni topshirdi.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop boʻlgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarishni topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlanish boʻyicha qoʻshicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” qarorida  2019–2023 yillarda avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari belgilab berilgan.

Xususan:

  • yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;
  • yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini oʻrta hisobda 60 foizgacha yetkazish;
  • yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;
  • avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;
  • korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, “YERP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;

Shuningdek, qaror bilan aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop boʻlgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash belgilab qoʻyilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2019 yil 1 oktyabrdan keyin tuziladigan shartnomalar boʻyicha UzAutoMotors AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga aktsiz soligʻi bekor qilinishi haqida xabar qilgan edik. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda 1 oktyabrdan trade-in dasturi ishga tushiriladi. Unga koʻra eski avtomobilni qoʻshimcha toʻlov bilan yangisiga almashtirish mumkin boʻladi.

Asosiy mavzular