Rossiyada Ravon dilerlari soni juda tez kamaymoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishAvtomobil "Ravon Nexia R3"
Avtomobil Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil boshidan buyon Rossiyada Ravon dilerlari soni 18taga kamayib, jami 72ta qolgan.

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Yil boshidan buyon Rossiyada Ravon dilerlari soni 18taga kamaydi, deb xabar qilmoqda “Avtostat” agentligi.

Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Ravon Rossiyaga qaytmoqda: avtomobillarning yangi narxi e’lon qilindi

Avtostat xabariga ko‘ra, 2019-yilning birinchi 6 oyida eng ko‘p dilerlarini yo‘qotgan kompaniyalar quyidagi kompaniyalar bo‘lgan: Lifan (-34ta), Ravon (-18ta), Chery (-12ta), GM-Avtovaz (-6ta) va boshqalar. Rossiya bo‘yicha dilerlar soni jami 74taga kamaygan.

Ma’lumot uchun bugungi kunda Rossiyada eng yirik dilerlik markazlariga ega bo‘lgan kompaniyalar bu LADA – 292ta rasmiy dilerlik markazlariga ega. Ikkinchi o‘rinda KIA – 196ta, Hyundai – 188 ta. Shuningdek Renault – 145ta, Nissan – 136ta, Volkswagen – 126ta, Skoda – 119ta, Mitsubishi – 111ta, Toyota – 110ta.

Bugungi kunda Rossiyada faoliyat olib borayotgan Ravon dilerlari soni 72 tani tashkil qilmoqda. Shunda 5ta diler Sankt-Peterburgda, 3tadan – Moskva, Chelyabinsk va Rostov-na-Donu shaharlarida joylashgan. Dilerlar to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.  

Yangiliklar lentasi
0