Hokimlarga tadbirkorlik rivojlanishiga qarab baho beriladi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston YaIMining 60% - kichik biznes tomonidan yaratiladi, lekin bugungi kunda tadbirkorlar ko‘plab muammolarga duch kelmoqda, jumladan ma’muriy to‘siqlarga ham.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Viloyat va tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlariga hududda tadbirkorlik naqadar yaxshi rivojlanayotganiga qarab baho beriladi, dedi prezident kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida.  

– Faqat katta korxonalar qurib, aholi bandligini va daromadini oshirish, budjet tushumlarini ko‘paytirish masalalarini to‘liq hal eta olmaymiz. Turmush darajasini oshirishning eng muhim yo‘li tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari faoliyatiga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korxonalar va ularda yaratilgan ish o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda baho berib, rag‘batlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish vazifasi qo‘yildi, deyilgan xabarda.

Restorator Uzbekistana Timur Musin otkazalsya razvivat biznes v strane - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli o‘zbekistonlik tadbirkor mamlakatda biznesni rivojlantirishdan bosh tortdi

Baho berishda korxonalarning yashovchanlik ko‘rsatkichi asosiy mezonlardan biri bo‘lishi kerakligi belgilandi. Ya’ni, tashkil etilayotgan korxonalarning kamida 50 foizi keyingi 3-yil davomida ishlasa, hokim va uning tadbirkorlik bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘limlari rahbarlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish nazarda tutilmoqda. 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu yangi tizimni joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

Ma’lumki O‘zbekiston YaIMining 60% - kichik biznes tomonidan yaratiladi. Sanoat mahsulotining 3/1 qismi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 98 % - kichik biznes tomonidan yaratiladi. Shuningdek, kichik biznes investitsiyalarning 50 %ini va ayrim sohalarda eksportning 70-90 %ini ta’minlaydi.

Yangiliklar lentasi
0