Minskda O‘zbekiston-Belarus hududlari forumi ish boshlaydi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Minsk
Goroda mira. Minsk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishning muhim omili sifatida hududlar hamkorligi Forumning asosiy mavzusi bo‘ladi.

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Minskda O‘zbekiston - Belarus hududlari forumi ish boshlaydi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining axborot xizmatining ma’lum qilishicha, unda ikki mamlakat hududlari, vazirliklari va idoralari vakillari, parlament a’zolari, tadbirkorlik doiralari ishtirok etadi. Forumda O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev rahbarlik qiladi.

Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishning muhim omili sifatida hududlar hamkorligi Forumning asosiy mavzusi bo‘ladi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida bitim kuchga kirdi

Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini yangilash masalalarini, yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish, tovar o‘tkazish tarmog‘ini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va ta’lim sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Forum doirasida quyidagi uchta seksiya ish olib boradi: agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat xavfsizligi, sanoat kooperatsiyasi, gumanitar sohada, axborot texnologiyalari va ilm-fan sohasida o‘zaro hamkorlik.

Tadbirda qator mintaqalararo bitimlar va tijorat kontraktlari imzolash rejalashtirilmoqda. Forum mehmonlari va ishtirokchilari O‘zbekiston tovarlari ko‘rgazma-yarmarkasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hududlar forumi Belarus poytaxti Minsk shahrida ikki kun, 29-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan yil sentabr oyida Toshkentda Ishbilarmonlik va hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Belarus hududlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun poydevor qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Belarusga tashrif buyurishi haqida xabar qilgan edik. Minskda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarning ayrim yakunlari tahlil qilinadi va yangi ustuvor loyihalar belgilab olinadi.

Yangiliklar lentasi
0