O‘zbekistonda 15-avgustdan benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari oshadi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy.
Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoqilg‘i-energetika resurlari narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning 15-avgustidan benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari oshadi. Bu "Yoqilg‘i-energetika resurlari narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risi"dagi Hukumat qarorida nazarda tutilgan.

Qaror bilan 2019-yilning 15-avgustidan boshlab quyidagilar belgilandi:

pirovard iste’molchiga avtobenzin va dizel yoqilg‘isini sotishda aksiz solig‘ini hisobga olgan holda, chakana narx:

  • AI-80 rusumdagi avtobenzin – bir litr uchun 4500 so‘m (hozirda bir litr uchun 4000 so‘m);
  • dizel yoqilg‘isi – bir litr uchun 5400 so‘m (hozirda bir litr uchun 4800 so‘m);
  • EKO dizel yoqilg‘isi – bir litr uchun 5700 so‘m (hozirda bir litr uchun 4900 so‘m);
  • AI-91 rusumli avtobenzinni birja savdolari orqali sotishni amalga oshirish tartibi;
  • qonun hujjatlarida belgilangan shaxslarning ayrim toifalariga avtobenzinni sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul  kompensatsiyasini to‘lash summasi 75000 so‘m miqdorida (hozirda 66 700 so‘m).

O‘zbekistonda qozoq benzini paydo bo‘ladimi – “O‘zbekneftgaz” javobi

Yangiliklar lentasi
0