07:04 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Gaz va elektr energiyasining oshirilgan narxlari maʼlum qilindi

© Sputnik / Stringer
Iqtisod
Havola olish
901 0 0

Hukumat qarori bilan 2019 yilning 15 avgustidan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangi tariflar va narxlar tasdiqlandi.

TOSHKENT, 31 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yilning 15 avgustidan  elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun belgilangan tariflar va narxlar oshiriladi. Bu “Yoqilgʻi-energetika resurlari narxlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisi”dagi Hukumat qarorida nazarda tutilgan.

Qaror bilan 2019 yilning 15 avgustidan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun quyidagi tariflar va narxlar tasdiqlandi:

  • aholi uchun 1 kub.m gaz – 380 soʻm (hozirda 320 soʻm);
  • aholi uchun 1 kVt elektroenergiya – 295 soʻm (hozirda 250 soʻm).

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston hukumatining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli qaroriga asosan Oʻzbekistonda energiya manbaalari narxini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan edi. Birinchi bosqichda 2018 yilning 16 noyabridan boshlab va ikkinchi bosqichda – 2019 yilning 1 iyunidan boshlab.

Uchastok magistralnogo gazoprovoda
© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev

Keyinchalik Oʻzbekiston Hukumatining 31 mayda imzolangan 452 sonli qaroriga koʻra, 2019 yilning 1 iyunidan rejalashtirilgan gaz va svet narxlari oshishi bekor qilingan edi.

Oʻzbekistonda 15 avgustdan benzin va dizel yoqilgʻisi narxlari oshadi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyul kuni birinchi yarim yillikda davlat byudjetiga tushumlar natijadorligini tahlil qilish va yangi vazifalarni belgilash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida energiya resurslari tariflarini optimallashtirish masalasi ham koʻrib chiqildi. Yigʻilishda soʻnggi ikki yilda mamlakatda aholi, ijtimoiy va ishlab chiqarish obʼyektlarini uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tegishli tarmoqlarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni qoʻllash va xarajatlarni optimallashtirish talab etishi taʼkidlandi.

Oʻzbekistonning olis qishloqlari qachon gazlashtiriladi - "Oʻzbekneftgaz" javobi

Shu bois, aholi uchun tariflarni keskin oshirmasdan, inflyatsiya darajasiga yaqin miqdorda oʻzgartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Tarif islohotlari xalqqa yengil boʻlishi uchun eng kam ish haqini ham oshirish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular