00:03 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
433 0 0

Oʻzbekiston dunyo bozorida eng qimmat boʻlgan mevani Osiyo bozorlariga eksport qilishni yoʻlga qoʻyishi mumkin.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda yaqin yillarda golubika mevasini yetishtirish sanoati rivojlanishi mumkin. Bu haqda BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining investitsion departamenti iqtisodchisi Andrey Yarmak EastFruit portaliga maʼlum qildi.

Yarmakning fikriga koʻra, Oʻzbekistonda sabzavot, meva va yongʻoq ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarini moliyalashtiradigan xalqaro loyihalar respublikada golubika yetishtirish sanoatini yoʻlga qoʻyishga yordam beradi.

Ekspert taʼkidlashicha, golubika – dunyo bozorida eng qimmat meva hisoblanadi. Biroq Ispaniyaga nisbatan Oʻzbekistonda ishchi kuch ancha arzon, buning hisobiga respublika raqobardosh qilishi mumkin.

Oʻzbekiston golubikani Osiyo bozorlari: Xitoy, Gonkong, Singapur, Malayziya va Vyetnamga yetkazib berishi mumkin.

Yarmakning soʻzlariga koʻra, respublika bu mevani yetishtirish, ishlov berish, muzlatish, tashish va marketing texnologiyalarini oʻrganish va joriy etishga eʼtibor qaratishi zarur.

Asosiy mavzular