15:31 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
293 0 0

Migrantlar pul joʻnatmalari “xizmatlar eksporti”ga kirmaydi – Statistika qoʻmitasi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Davlat Statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonga mehnat migrantlari tomonidan xorijiy davlatlaridan yuborilayotgan pul joʻnatmalari Oʻzbekiston toʻlov balansida qanday hisoblanishini tushuntirib berdi.

Sputnik muxbirining – Nega migrantlar pul joʻnatmalari oʻzbekiston Tashqi savdo aylanmasida aks etmagan? Ushbu pullani “xizmatlar eksporti” toifasiga qoʻshsa boʻladimi? - degan savoliga quyidagi javobni oldik. 

Oʻzbekistonda Stastistik maʼlumotlar BMT, XVJ va JST tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro statistika normalariga (RSMTU-2010) muvofiq ravishda jamlanadi.

Shuningdek, jamlangan statistik maʼlumotlar xalqaro hamjamiyatda qabul qilingan “Toʻlov balansi va investitsion pozitsiya yoʻriqnomasi (RPB-6)ga muvofiq.

Oʻsha “RPB-6”da belgilanishiga koʻra, xorijdan Oʻzbekistonda yuborilgan mablagʻlar – xizmatlar eksportiga kirmaydi va “Shaxsiy transfertlar” sifatida qayd etiladi.

Transfertlar –iqtisodiy boyliklarni bir tomondan ikkinchi tomonga tekinga joʻnatishni nazarda tutadi.

Oʻzbekistonda Transfertlar Markaziy Bank tomonidan eʼlon qilinadigan, “Oʻzbekiston Toʻlov balansining” “Shaxsiy transfertlar” boʻlimida qayd etiladi, - deyilgan Statistika qoʻmitasi javobida.

Markaziy bank statistik maʼlumotlarida qayd etilishga koʻra, xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga yuborilgan transfertlar miqdori quyidagicha: 2016 yilda – 3, 041 mlrd. $, 2017 yilda – 4, 172 mlrd. $ 2018 yilda – 4,217 mlrd. $.  2019 yilning 1 kvartalida – 956 mln. $.

Asosiy mavzular