15:48 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
423 0 0

Toshkentda joriy yilning 15 avgustidan isitish tizimi va issiq suv taʼminoti narxlari oshadi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Toshkentda joriy yilning 15 avgustidan isitish tizimi va issiq suv taʼminoti tariflari oshadi.

“Toshissiqquvvati” korxonasi xabariga koʻra, aholi uchun markaziy isitish tizimiga bir oylik tarif turar-joy kvadrat metri uchun 1 772 soʻmgacha oshiriladi.

Issiq suv taʼminoti uchun yangi tarif hisoblagichsiz kishi boshiga 20 470 soʻmni tashkil etadi, hisob uskunasi boʻlganda issiq suv taʼminoti kubometriga 5 242 soʻm etib belgilandi.

Umumiy yuvinish xonasi boʻlgan yotoqxonalarda yashovchilar uchun issiq suv narxi kishi boshiga bir oyda 15 228 soʻmni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 15 avgustdan benzin, dizel yoqilgʻisi, tabiiy gaz isteʼmoli va elektr energiyasi uchun narx va tariflar oshgani haqida xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular