00:49 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
248 0 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarusdagi yuqori texnologiyalar parki rezidentlari imkoniyatlarini Oʻzbekistonda taqdim etish taklifini ilgari surdi

TOSHKENT, 2 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas hamrohligida "Belarus" yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.

Ushbu park 2005 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qulay muhit yaratish, shu orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. 2014 yilda unga qator imtiyozlar berilib, faoliyat yoʻnalishlari kengaytirilgan.  

Bugungi kunda "Belarus" YUTP dasturlash, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun innovatsion yechimlar, konsalting va boshqa yoʻnalishlarda yetakchi markazlardan biriga aylangan. Bu yerda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarning 90 foizdan ziyodi eksport qilinmoqda, 67 mamlakat kompaniyalari ularning buyurtmachilari hisoblanadi. 

Oʻzbekiston rahbariga yuqori texnologiyalar parkida bank-moliya, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va boshqa sohalar uchun yaratilgan innovatsion yechim va ishlanmalar haqida maʼlumot berildi.

Mirziyoyev mazkur texnopark rezidentlari imkoniyatlarining Oʻzbekistonda taqdimotini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Texnologik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish boʻyicha aloqalarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shu bilan Oʻzbekiston prezidentining Belarusga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi. DMirziyoyev Toshkentga joʻnab ketdi.

Asosiy mavzular