14:54 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
First Ratings by Russian-Chinese Agency to Be Released in 2015

Oʻzbekistonning yirik soliq toʻlovchilari roʻyxati eʼlon qilindi

© Flickr/ Ken Teegardin
Iqtisod
Havola olish
66600

Ushbu roʻyxatdan respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan 1416 ta xoʻjalik subʼyekti joy olgan.

TOSHKENT, 6 avg – Sputnik. Oʻzbekistonning yirik soliq toʻlovchilari roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu roʻyxatdan respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan 1416 ta xoʻjalik subʼyekti joy olgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019 yil 12 iyulda 3172-son bilan roʻyxatga olingan “Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchi sifatida tasniflash mezonlarini aniqlash toʻgʻrisida”gi Nizomning 4-bandiga muvofiq, yirik soliq toʻlovchilar toifasiga quyidagilar kiradi:

a) aktsiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;

b) tijorat banklari va ularning filiallari, tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjalari;

v) “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;

g) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;

d) yil yakuni boʻyicha mahsulotlarni (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan olingan sof tushumi 100 mlrd soʻmdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar.

Yirik soliq toʻlovchilar toifasini aniqlashda, yuqoridagi Nizomning 4-bandining “d” kichik bandida koʻrsatilgan mezonlar oʻtgan kalendar yil yakunlari boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarining koʻrsatkichlari asosida belgilanadi.

Quyida yirik soliq toʻlovchilarning toʻliq roʻyxati bilan tanishish mumkin.

Asosiy mavzular