15:16 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Vыraщivaniye risa

Oʻzbekistonda yangi usulda sholi yetishtiriladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv
Iqtisod
Havola olish
266 0 0

Yangi texnologiya orqali hosildorlik oshishi, vegetatsiya davri qisqarishi, 70-75 foizgacha urugʻdan iqtisod qilinishi, 20-25 foizgacha suvdan unumli foydalanishga erishiladi.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda Janubiy Koreyaning Tong Yang Moolsang kompaniyasining zamonaviy mashinalari yordamida sholini koʻchat usulida yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabar qildi.

Yangi texnologiya orqali hosildorlik oshishi, vegetatsiya davri qisqarishi, 70-75 foizgacha urugʻdan iqtisod qilinishi, 20-25 foizgacha suvdan unumli foydalanishga erishiladi.

Ayni paytda Koreyadan “TYM” (Tong Yang Moolsang) kompaniyasining qoʻlda itarib, shuningdek, RF-48 va ustiga minib boshqariladigan RRO600V rusumli koʻchat ekish mashinalari keltirilib, sholi yetishtirish texnologiyasini mexanizatsiyalash yoʻli bilan takomillashtirish va yuqori hosil olishga qaratilgan eksperement olib borilmoqda.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Maʼsud Sattorovning bildirishicha, hozirgi tajribada 1 gektar maydonga oʻrtacha 12 soat ichida sholi ekilayotgan boʻlsa, endilikda qoʻlda boshqariladigan mashinalar yordamida 1,5-2 gektargacha, minib boshqariladigan mashinalarda esa oʻrtacha 7-8 gektargacha maydonda sholi ekib, yuqori samaradorlikka erishilishi kutilmoqda.

“Sholini koʻchat usuli bilan yetishtirish anʼanaviy urugʻdan ekib yetishtirish usulga qaraganda koʻp jihatdan afzalliklari mavjud. Hozirgi paytda yer yuzida sholi hosilining 95 foizidan ortigʻi faqat koʻchat usulida yetishtirilmoqda”, - deya qayd etdi u.

Joriy yilda respublika boʻyicha jami 114 ming gektarga sholi ekish rejalashtirilgan, shundan 57,9 ming gektari asosiy ekin sifatida va 56,1 ming gektar gʻalladan boʻshagan maydonlarni tashkil etadi.

Asosiy mavzular