14:02 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Sguщenka Rogachevskaya

Oʻzbekistonda mashhur Rogachyov “sguщyonka”si ishlab chiqariladi

© Sputnik / Maksim Blinov
Iqtisod
Havola olish
389 0 0

Belarusning Rogachyov sut-konversa kombinati mahsulotlari, xususan, quyultirilgan sut, quruq sut va qaymogʻi olinmagan suti Sobiq ittifoq mamlakatlarida mashhur.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Fargʻonada Belarusning mashhur quyultirilgan sutini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin. Bu haqda Belarusning Oʻzbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Aleksandr Solovyëv maʼlum qildi. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga asosan.

Uning soʻzlariga koʻra, Belarusning Rogachyov sut-konversa kombinati mahsulotlari, xususan, quyultirilgan sut (sguщyonka), quruq sut va qaymogʻi olinmagan suti Sobiq ittifoq mamlakatlarida mashhur.

“Hamkorlikning asosiy mavzularidan biri sutni qayta ishlash va goʻsht sanoati sohasida qoʻshma korxona tashkil etish”, - dedi Aleksandr Solovyëv .

Oʻzbekistonda sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun yangi fermalar barpo qilish va sut sogʻib olish hajmini koʻpaytirish kerakligini qayd etdi. Shuningdek, bu ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish rejalashtirilayotganini qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, Fargʻona shahrida xalqaro investitsiya forumi ish boshladi. Forumda Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Eron, Turkiya, Belarus kabi 28 ta davlatning yirik investorlari ishtirok etmoqda. Forum davomida Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda viloyatga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb kilish boʻyicha kelishuvlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular