14:40 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Mokasinы iz strausinoy koji

Fargʻonalik tadbirkor tuyaqush terisidan poyabzal ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyadi

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Iqtisod
Havola olish
58410

Fargʻona viloyatida tuyaqush terisidan oyoq kiyim ishlab chiqish yoʻlga qoʻyiladi. Hozirgi kunda Rishton tumanidagi fermada 250 bosh tuyaqush saqlanmoqda.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Fargʻonalik tadbirkor tuyaqush terisidan oyoq kiyim ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga “Straus farm” korxonasi ish boshqaruvchisi Hasanboy Ahmadjonov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu korxona respublikada ikkinchi boʻlib tuyaqush olib kelgan.

“Fermamiz Markaziy Osiyoda eng katta hisoblanadi. Fermada 250 bosh tuyaqush bor. Tuyaqushlarni oʻzimiz koʻpaytiramiz va tashqaridan olib kelamiz”, - dedi fargʻonalik tadbirkor.

Koʻrgazmada tadbirkor Fargʻona va Toshkent fabrikalarida tikilgan poyabzallarni namoyish qildi.

“Keyingi yil terini qayta ishlash uskunalarini olib kelib, poabzal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyyamiz. Afzalligi - sof tabiiy charm boʻlgani uchun oyoqqa juda foydali, uni davolaydi. Bunday poyabzalda oyoq terlamaydi”, - deb qoʻshimcha qildi tadbirkor.

Bundan avval Fargʻonada Belarusning mashhur quyultirilgan sutini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

Eslatib oʻtamiz, bugun Fargʻona shahrida xalqaro investitsiya forumi oʻz ish faoliyatini boshladi. 

Forumda Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Eron, Turkiya, Belarus kabi 28 ta davlatning yirik investorlari ishtirok etmoqda. Forum davomida Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda viloyatga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb kilish boʻyicha kelishuvlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular