Rossiya kompaniyalari Farg‘ona viloyatiga yuz million dollarlik investitsiya kiritadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKupuri amerikanskix dollarov
Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya kompaniyalari Farg‘ona viloyati hokimligi bilan 100 million dollarlik 60 tadan ortiq loyiha bo‘yicha ish olib bormoqda.

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Rossiya kompaniyalari Farg‘ona viloyati hokimligi bilan 100 million dollarlik 60 tadan ortiq loyiha bo‘yicha ish olib bormoqda. Bu haqda RIA Novosti viloyat hokim o‘rinbosari Muxsinxo‘ja Abdurahmonovga asosan xabar qildi.

Mokasini iz strausinoy koji - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onalik tadbirkor tuyaqush terisidan poyabzal ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yadi

Kuni kecha Farg‘onada Xalqaro investitsiya forumi ochildi. Unda 27 davlatda 100 ga yaqin biznes vakillari qatnashmoqda.

“Hozirgi vaqtda Rossiya kompaniyalari bilan umumiy qiymati 100 million dollarlik 64 ta loyiha bo‘yicha ish olib bormoqdamiz”, - dedi Abdurahmonov.

Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati korxonalari Boshqirdiston, Perm qit’asi, Vologda va Orenburg viloyati kompaniyalari bilan yaqin hamkorlik olib borilmoqda. Xususan, Orenburg kompaniyalari viloyatda 55 million dollarlik parandachilik klasterini ochishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, istiqbolli ro‘yxatga to‘qimachilik, elektrotexnika sanoati va qishloq xo‘jalik mahsulotlarni qayta ishlash loyihalar kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0