14:08 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Koshelek s dengami

Markaziy bank eski namunadagi banknot va tangalarni muomaladan qaytarib oladi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
518 0 0

Eski namunadagi tangalar va banknotlar 2019 yil 1 dekabrdan boshlab qonuniy toʻlov vositasi sifatida oʻz kuchini yoʻqotadi.

TOSHKENT, 8 avg – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25 soʻmlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalar va banknotlarini muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom" loyihasi tayyorlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida muomalaga chiqarilgan 1994 yil namunasidagi 1 tiyin, 3 tiyin, 5 tiyin, 10 tiyin, 20 tiyin, 50 tiyin, 1997 yil namunasidagi 1 soʻm, 5 soʻm, 10 soʻm, 1999 yil namunasidagi 5 soʻm, 25 soʻm, 2000 yil namunasidagi 1 soʻm, 10 soʻm, 2001 yil namunasidagi 5 soʻm, 10 soʻmlik tangalar, shuningdek 1994 yil namunasidagi 1 soʻm, 3 soʻm, 5 soʻm, 10 soʻm, 25 soʻmlik banknotlar:

- 2006 yildan buyon zarb qilinmayotganligi va bosib chiqarilmayotganligini;

- bugungi kunda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar va aholi oʻrtasida, jumladan chakana savdo va aholiga pullik xizmat koʻrsatish sohasida, naqd puldagi hisob-kitoblar va toʻlovlarda ulardan umuman foydalanilmayotganligini;

- tovar va xizmatlarning amaldagi narxlari darajasini hisobga olgan holda hamda muomaladagi naqd pullarning nominal qatorini ixchamlashtirish maqsadida mazkur nizom ishlab chiqilgan.

Mazkur eski namunadagi tangalar va banknotlar 2019 yil 1 dekabrdan boshlab qonuniy toʻlov vositasi sifatida oʻz kuchini yoʻqotadi.

Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi tangalar va banknotlarning ayirboshlash muddati 2021 yil 1 yanvargacha belgilanadi.

Markaziy bankining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalari  Hisob-kitob kassa markazlari, tijorat banklari va ularning filiallari mijozlari va aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi tangalar va banknotlar belgilangan muddatga (2019 yil 1 dekabrga) qadar:

- mijozlarning tegishli hisobvaraqlariga, fuqarolarning arizasiga asosan omonatga kirim qilinishi;

- kommunal va boshqa bir martalik toʻlovlar uchun qabul qilinishi;

- bank plastik kartochka hisobvaraqlariga oʻtkazib berilishi;

- muomaladagi tanga va banknotlarga ayirboshlab berilishi mumkin.

2019 yil 1 dekabrdan boshlab (2019 yil 1 dekabrdan – 2021 yil 1 yanvarga qadar) qonuniy toʻlov vositasi sifatida oʻz kuchini yoʻqotgan eski namunadagi tangalar va banknotlar faqat MBBB Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan almashtirib beriladi.   

Tijorat banklari filiallarida eski namunadagi tangalar va banknotlarni sanab-saralash, qimmatliklarni tashish ishlari Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Loyiha 23 avgustgacha muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular