03:31 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Tsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan

Oʻzbekistonda dollar kursi nega keskin oshdi? - Markaziy bank bayonoti

© Baxodыr Mamadjanov
Iqtisod
Havola olish
1260 0 0

Markaziy bank bayonotida aytilishicha, ichki valyuta bozoridagi holatning shakllanishiga qator tashqi va ichki omillar taʼsir koʻrsatdi.

TOSHKENT, 9 avg – Sputnik. Markaziy bank ichki valyuta bozoridagi vaziyat boʻyicha bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, joriy yilning iyul oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa soʻnggi haftada, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan kursi oʻsish surʼatlarining tezlashishi kuzatilmoqda.

Bu vaziyatga yuzaga kelishi tashqi va ichki omillar taʼsir koʻrsatdi.

Tashqi omillar: joriy yil iyul oyidan boshlab, Oʻzbekistonning asosiy savdo sheriklari boʻlgan baʼzi mamlakatlarda (Rossiya, Qozogʻiston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu oʻz navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi boʻyicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatmoqda.

Ichki omillar, asosan import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan xorijiy valyutaga boʻlgan talabning oʻsib borishi bilan bogʻliq.

"Ichki valyuta bozorida talab va taklif hajmlari maʼlum bir darajada barqaror shakllangan davrda, Markaziy bankning interventsiyalari ishlab chiqaruvchilardan monetar oltinni sotib olish natijasida hosil boʻlgan qoʻshimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish bilan birgalikda, valyuta kursini qisqa muddatli tebranishlarini pasaytiruvchi instrument sifatida qoʻllanib kelinadi.

Shuningdek, ichki valyuta bozorida yuzaga kelgan joriy holatni inobatga olib, Markaziy bank interventsiyalarni amalga oshirishda valyuta kursi kunlik tebranishining kengaytirilgan koridorini qoʻllash mexanizmiga oʻtmoqda", - deyilgan bayonotda.

Markaziy bank qisqa muddatli oʻzgaruvchanlikni davom ettirish va fundamental trendga qaytishni davom ettirish bilan kursni maʼlum bir darajada tartibga solishni istisno etmaydi. 

Asosiy mavzular