20:59 10 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
322 0 0

Mazkur avtokarvonda har uchala davlatdan ikkitadan katta hajmli yuk avtomobillari ishtirok etishmoqda. Ular umumiy hisobda 1422 km masofani bosib oʻtadi.

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz shahridan “Oʻzbekiston — Tojikiston — Xitoy” yoʻnalishida yangi trasport yoʻlagi boʻyicha tajriba-sinov avtokarvoni yoʻlga chiqdi.

Mazkur avtokarvonda har uchala davlatdan ikkitadan katta hajmli yuk avtomobillari ishtirok etishmoqda.  “Termez Cargo Centr” logistika terminalidan yuk ortgan jami 6 ta avtomobil “Termiz (Oʻzbekiston) – Dushanbe, Vahdat, Koʻlob, Qalʼai Xumb, Xorugʻ, Kulma (Tojikiston) – Qashgʻar (Xitoy) yoʻnalishida harakatlanib umumiy hisobda 1422 km masofani bosib oʻtadi.

“Ushbu loyiha avtomobil transportida xalqaro tashishlarni amalga oshirish yoʻnalishida davlatlar hamkorligini yanada rivojlantirib, savdo- iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga oʻzining ijobiy hissasini qoʻshadi”, - deyiladi Transport vazirligi xabarida.

“Termiz — Dushanbe — Qashgʻar” yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilayotgan ushbu avtokarvon Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 6 apreldagi “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilmoqda.

Asosiy mavzular