07:54 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Dmitriy Gordeyev

Oʻzbekistonda goʻsht narxi nega koʻtarilmoqda? – rossiyalik ekspert sababini aytdi

© Foto : Iz lichnogo arxiva Dmitriya Gordeyeva
Iqtisod
Havola olish
219430

Rossiya Fanlar akademiyasi huzuridagi V.M.Gorbatov nomidagi oziq-ovqat tizimi, IT-texnologiyalar iqtisodiy-tadqiqot markazi rahbari Dmitriy Gordeyev Oʻzbekistonda goʻsht narxi koʻtarilishining sabablarini Sputnik Oʻzbekiston agentligiga aytdi.

Ekspert respublikada goʻsht narxi oshirilishining asosiy mezonlaridan biri sifatida ishlab chiqarish va isteʼmol oʻrtasida muvozanat yoʻqligiga eʼtibor qaratdi.

“Oʻzbekistonda bozorlarga goʻshtni asosan fermerlar yetkazib beradi. Fermerlik xoʻjalik mahsulot ishlab chiqarish hajmi uncha katta emas, narxlar, masalan, don, energiya resurslariga koʻtarilishi mahsulot tannarxiga bogʻliq”, - deydi Gordeyev.

Ekspert taʼkidlashicha, yirik korxonalar turli iqtisodiy silkinishlarni nisbatan yengilroq sezadi.

Bundan tashqari, Qozogʻistondan goʻsht importi Oʻzbekiston ichki bozoriga sezilarli taʼsir qiladi.  

“Shunga koʻra, barcha xatarlar va narx oʻzgarishi mahalliy sanoat yetishmasligi bilan bogʻliq, shuning uchun birinchi navbatda yirik ishlab chiqaruvchilarni rivojlantirish zarur, ular tashqi bozorni ham taʼminlay oladi va xaridorlar uchun sifatli va past narxlarni kafolatlashi mumkin”, - deb hisoblaydi ekspert.

Gordeyev iqtisodiyotni davlat tomonidan muvaffaqiyatsiz tartibga solish borasida Kuba va Venesuaelani misol sifatida keltirdi.

“Rossiyada goʻsht narxlari talab va taklif muvozanati hisobiga amalga oshiriladi. Masalan, ichki bozorni tovuq goʻshti bilan toʻldirishga erishildi va kompaniyalar uzoq vaqt davomida mahsulotlarni past narxda ushlab turishmoqda: bozor mahsulotga toʻlgan va narxni oshirish uchun hech qanday sabab yoʻq. Bundan tashqari, bu firmalarni xalqaro tashqi bozorlarga chiqish va u yerda mahsulotlarni sotishga undamoqda”, - deydi ekspert.

Mutaxassisning toʻliq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

 

Asosiy mavzular