05:30 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Iqtisod
Havola olish
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)
1931 0 0

Markaziy bank xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

TOSHKENT, 15 avg – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan 16 avgustdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi oʻtgan haftaga nisbatan 179,00 soʻmga koʻtarilib, 9 061,00 soʻm tashkil qildi.

Yevro ham 163,84 soʻmga oshdi va 10 092,14 soʻmni tashkil qildi.

Rossiya rubli 2,09 soʻmga koʻtarildi va 138,47 coʻmni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Eslatib oʻtamiz, 9 avgust kuni dollar kursi 177,13 soʻmga koʻtarilib, 8 882,00 soʻm tashkil qilgan edi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Markaziy banki ichki valyuta bozoridagi vaziyat boʻyicha bayonot berib dollar kursi oshishiga tashqi va ichki omillarni sabab qilib koʻrsatgan edi.

Jumladan, joriy yil iyul oyidan boshlab, Oʻzbekistonning asosiy savdo sheriklari boʻlgan baʼzi mamlakatlarda (Rossiya, Qozogʻiston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu oʻz navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi boʻyicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatmoqda.

Ichki omillar, asosan import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan xorijiy valyutaga boʻlgan talabning oʻsib borishi bilan bogʻliqligi koʻrsatilgandi.

Mavzu:
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)

Asosiy mavzular