UzAuto Motors tejamkor dvigatelli yangilangan Malibu modelini taqdim etdi

Obuna bo‘lish
Ushbu modelning narxi avvalgisidan 5 million so‘mga arzon va u issiq iqlimli mamlakatlar uchun ayni muddao sanaladi.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi 1,5 litr Turbo dvigatelli yangilangan Malibu Facelift avtomobili savdosini boshlamoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Yangilangan model O‘zbekiston bozorida Malibu 2,5 litr o‘rnini egallaydi hamda uning yangi texnologik va tejamkor (30 foiz) davomchisi bo‘ladi.

Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
UzAuto Motors sentabr oxiriga qadar avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Olduzatmali avtomobil avvalgisidan 100 kilogrammga yengil ekanligiga qaramay, uning uzunligiga taxminan 12 santimetr qo‘shilgan. Bunday natijaga uning 1,5 litrli 160 ot kuchiga ega turbomotori sababli erishilgan.

“Ushbu modelning narxi avvalgisidan 5 million so‘mga arzon va u issiq iqlimli mamlakatlar uchun ayni muddao sanaladi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, yangilangan Facelift Malibu Turbo 2 litr avtomobilining ham savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish 2019-yilning sentabr oyidan boshlanadi.

Xabarda hozirgi vaqtda Malibu 2,5 litr avtomobili juda oz miqdorda chegaralangan ranglar palitrasida qolgani va ushbu modelni ishlab chiqarish to‘xtatilayotgani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0