00:04 11 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)
230920

Markaziy bank xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan 21 avgustdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi oʻtgan haftaga nisbatan 323,00 soʻmga koʻtarilib, 9 384,00 soʻm tashkil qildi.

Yevro ham 301,58 soʻmga oshdi va 10 393,72 soʻmni tashkil qildi.

Rossiya rubli 1,67 soʻmga koʻtarildi va 140,14 coʻmni tashkil qildi.

Bundan avval, Oʻzbekiston Markaziy banki mamlakatda dollar bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha tushuntirish bergandi. Unga koʻra, 20 avgust sanasidan boshlab tijorat banklari tomonidan dollar sotilishi yoʻlga qoʻyilgan. Chet el valyutasini valyuta ayriboshlash shoxobchalarida sotib olish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 9 avgust kuni dollar kursi 177,13 soʻmga koʻtarilib, 8 882,00 soʻm tashkil qilgan edi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Markaziy banki ichki valyuta bozoridagi vaziyat boʻyicha bayonot berib dollar kursi oshishiga tashqi va ichki omillarni sabab qilib koʻrsatgan edi.

Jumladan, joriy yil iyul oyidan boshlab, Oʻzbekistonning asosiy savdo sheriklari boʻlgan baʼzi mamlakatlarda (Rossiya, Qozogʻiston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu oʻz navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi boʻyicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatmoqda.

Ichki omillar, asosan import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan xorijiy valyutaga boʻlgan talabning oʻsib borishi bilan bogʻliqligi koʻrsatilgandi.

Mavzu:
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)

Asosiy mavzular