07:20 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov

Oʻzbekistonda soʻm denominatsiya qilinadimi? – Markaziy bank raisi javobi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)
233431

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov respublikada milliy valyuta denominatsiyasi oʻtkazilishi haqida oʻz fikrlarini aytdi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov Oʻzbekiston milliy valyutasi - soʻmning denominatsiya qilinishi haqida oʻz fikrlarini aytdi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.  

“Denominatsiya oddiygina nollarni oʻchirish emas, katta iqtisodiy xarajat. Biz denominatsiya qilmoqchi emasmiz. Markaziy bank raisi sifatida aytmoqchiman, denominatsiya hech kimning xayolida yoʻq.

Denominatsiya iqtisodiy barqarorlik va kuchli inflyatsiya sharoitida oʻtkaziladi.  Bizda ahvol unday emas”, - deb taʼkidladi Markaziy bank raisi.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 22 avgustida Oʻzbekistonda 50 ming soʻmlik, 2019 yil 25 fevralida – 100 ming soʻmlik banknotalar muomalaga kiritilgan edi.

Maʼlumot uchun: denominatsiya bu – moliyaviy islohotning bir turi boʻlib, u valyuta nominal qiymatini kamaytirishni, bin necha eski namunadagi qogʻoz pul oʻrniga 1 ta yangi namunadagi banknota ishlatishni  nazarda tutadi. Masalan, Rossiyada 1998 yilda oʻtkazilgan denominatsiyada 1000  rubl 1 rublga tenglashtirilgan edi.

Mavzu:
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)

Asosiy mavzular