20:54 10 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)
1315 0 0

Sputnik muxbiri naqd valyutani qachon va qaysi banklardan sotib olish mumkinligini aniqladi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. Bir necha banklar valyutani bugundan sotishni boshlagan, qolganlari ertaga sotishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Masalan, Ipak Yoʻli banki ertalabdan naqd valyuta sotishni boshlagan. Uni sotib olish uchun pasport va pul bilan bank boʻlimiga kelish kerak. Ipak Yoʻli bankida 1 dollarni 9 450 soʻmdan sotib olinmoqda va 9 350 soʻmdan sotilmoqda.

Asia Alliance Bank ayni damda valyuta ayirboshlash punktlarini tayyorlamoqda. Ular naqd valyuta almashtirishga 21 avgustdan tayyor boʻlishlarini xabar qilishdi.

Kapitalbank esa bugun soat 14:00 dan valyuta ayirboshlashga tayyor ekanini xabar qildi. Lekin xizmatdan oʻz vaqtida foydalanish uchun bankka ertaga kelishni maslahat berishdi. Xabarda aytilishiga koʻra, banklarda navbat katta emas.

Eslatib oʻtamiz, bugun 20 avgustdan boshlab Oʻzbekiston Markaziy banki tijorat banklariga naqd valyuta sotishga ruxsat berdi. Undan tashqari bugundan boshlab valyuta kursi Markaziy bank tomonidan belgilanmaydigan boʻldi. Endi kurslar soʻrov va taklif asosida bozor mexanizmlari yordamida belgilanadi.

Mavzu:
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)

Mavzu boʻyicha

Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar

Asosiy mavzular