10:45 04 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Iqtisod
Havola olish
285 0 0

Prezident “Moʻynoq porloq teks” korxonasi faoliyati bilan tanishdi, ishchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Moʻynoq porloq teks” korxonasi faoliyati bilan tanishdi, ishchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

Prezidentning oʻtgan yilgi tashrifi davomida berilgan koʻrsatmalar asosida hukumatning Moʻynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi qabul qilingan. Unda 2019-2021 yillarda jami 1 trillion 485 milliard soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan. 

Qisqa vaqt ichida qator obʼyektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, 800 oʻrinli amfiteatr va davlat xizmatlari markazi qurildi, madaniyat markazi va stadion, “Bozatau” ovul fuqarolar yigʻinidagi oilaviy poliklinika rekonstruktsiya qilindi.

Iyul oyida “Moʻynoq porloq teks” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi. 350 ta ish oʻrni yaratildi.

Zamonaviy mashinalar oʻrnatilgan mazkur korxona yiliga 1 million dona tayyor tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda choyshab va koʻrpajildlar, maxsus ish formalari tikilmoqda. Shu yerda savdo doʻkoni tashkil etilgan. Yangi qurilayotgan uylardan korxona ishchilari uchun xonadonlar ajratilgan.

  • V Muynake Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya
    V Muynake Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya
    © Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

1 / 5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
V Muynake Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya

Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanishdi, ishchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

“Moʻynoqdagi oʻzgarishlarni, sizlarning koʻzlaringizdagi rozilikni koʻrib juda xursandman. Bu – uzoq-uzoq hududlarga borib qilayotgan ishlarimiz natijasi. Agar kimdir bizning islohotlarimizga shubha qiladigan boʻlsa, Moʻynoqqa kelib koʻrsin”, - dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbari mutasaddilarga korxonani barqaror ishlatish, mahsulot turlarini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Asosiy mavzular