07:22 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Nefidov Pavel, generalnыy direktor Finansovo-bankovskogo soveta SNG

Valyuta kursi erkinlashtirildi, endi nima boʻladi? - ekspert fikri 

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)
1967 0 0

Valyuta kurslari erkinlashtirilishi bilan u keskin oʻzgarmaydi, chunki Oʻzbekiston iqtisodi stabil rivojlanib kelmoqda - ekspert fikri.  

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Oldin Oʻzbekiston valyuta ayirboshlash bozorida ikkita valyuta kursi bor edi. Biri Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan, ikkinchisi qora bozor narxi. Erkin valyuta kursi ana shu ikkilamchilikni yoʻq qiladi, deb hisoblaydi MDH moliya-bank kengashi raisi Pavel Nefidov.   

Ikkinchi tomondan, Markaziy bank koʻrsatmalaridan xoli boʻlgan valyuta kursi - iqtisod rivojlanishi uchun sogʻlom asos yaratadi. 

"Men valyuta kursining keskin oʻzgarishini kutmayman, chunki Oʻzbekiston iqtisodi stabil rivojlanib kelmoqda va yaqin orada hech qanday "shok" holatlar boʻlishi ehtimoldan uzoq", - deydi Nefidov. 

Uchinchidan, qora bozor oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketadi. 

Va, toʻrtinchidan, menimcha aholi jamgʻarmalarini valyutaga almashtirishdan oldin yaxshilab oʻylab koʻrishi kerak, chunki Oʻzbekiston iqtisodi samarali oʻsib bormoqda. Shu munosabat bilan banklarda ham aynan milliy valyutada joylashtirilgan depozitlardan yaxshi daromad taklif qilish imkoni paydo boʻladi, deydi ekspert.

Mavzu:
Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar (9)

Mavzu boʻyicha

Valyuta ayirboshlash siyosatidagi oʻzgarishlar

Asosiy mavzular