Uzcard jarimalar haqida ogohlantiruvchi mobil ilova ishga tushirdi

Obuna bo‘lish
Uzcard mobil ilovaci yordamida jarimalar haqida ma’lumot olish va ularni onlayn to‘lash imkoni paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Uzcard mahsulotlar va xizmatlar xarid qilish hamda YHXBB jarimalari haqida ma’lumot olish va ularni to‘lash uchun mobil ilova ishlab chiqdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Yo‘l harakati havfsizligi Boshboshqarmasi xabarnomalari yangi xizmat turi MyUzcard mobil ilovasi orqali foydalanishga taqdim etildi. Ushbu xizmat turi yordamida mavjud jarimalardan xabardor bo‘lish va unga belgilangan to‘lovni onlayn tartibda amalga oshirish imkoniyati yaratildi”, - deyilgan xabarda.

Yuqoridagi qulaylikdan tashqari MyUzcard mobil ilovasida mahsulot va xizmatlarga, jumladan, kommunal xizmatlari, mobil aloqa, internet, soliq va boshqa xizmatlarga to‘lovlarni amalga oshirish va qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Humo va Uzcard o‘rtasida nosog‘lom raqobat yuzaga kelgani aniqlandi

MyUzcard mobil ilovasi qator innovatsion yechimlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, kartadan kartaga pul mablag‘ini o‘tkazish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirilgan, ya’ni pul mablag‘larini yuborish vaqtida qabul qiluvchining karta raqamlarini bilish shart emas. Ushbu mobil ilova orqali kartaning @Username va QR kodlari generatsiya qilinadi hamda  ularni qo‘llagan holda pul mablag‘ini boshqa kartaga o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Qo‘shimcha imkoniyatlar qatorida moliyaviy holatni  “To‘lovlar tarixi” funksiyasi orqali samarali boshqarish va mamlakatdagi valyutalar kursi bilan doimiy ravishda tanishish taklif etilgan.

Ta’kidlash jozki, MyUzcard mobil ilovasi nafaqat mahalliy Uzcard kartalarini, balki  Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. MyUzcard mobil ilovasini AppStore va Google Play orqali yuklab olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0