10:12 04 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
221 0 0

Imzolangan memorandum Rossiya va Oʻzbekiston investorlarining ikki mamlakat valyuta bozorlariga kirishini yengillashtirishga qaratilgan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

TOSHKENT, 22 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi va  “Moskovskaya Birja” OAJ oʻrtasida hamkorlik boʻyicha memorandum imzolandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Memorandum “Moskovskaya Birja” OAJ boshqaruvi aʼzosi – pul va muddatli bozorlar boʻyicha boshqaruvchisi Igor Marich tashrif davomida imzolangan.

Memorandum birja savdosini rivojlantirish sohasida tajriba almashishni nazarda tutadi va Rossiya va Oʻzbekiston investorlarining ikki mamlakat valyuta bozorlariga kirishini yengillashtirishga qaratilgan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Asosiy mavzular