07:26 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Moskovskiy mejdunarodnыy avtomobilnыy salon-2016. Den pyatыy. Foto s mesta sobыtiya

Ravon Rossiyada muvaffaqiyatli boʻlishi uchun nima qilish kerak - ekspert fikri

© Sputnik / Ilya Pitalev
Iqtisod
Havola olish
497 0 0

Avtoekspert Ravon avtomobillarining Rossiya bozorida muvaffaqiyatli boʻlish shartlarini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 22 avg – Sputnik. Rossiyalik avtomobil eksperti, Drive internet portali direktori Ilya Mejibovskiy Ravon avtomobillari Rossiya bozorida muvaffaqiyatli sotilishi uchun nimalar qilish kerakligini aytdi.

Mejibovskiy  fikriga koʻra, Ravon avtomobillari oʻz narxiga mos va maʼlum segmentda raqobatbardosh boʻlishi mumkin, faqat buning uchun diler tarmoqlari faoliyatini yaxshi tashkil qilish kerak.

“650 ming rubl narx - bunday mashinalar uchun oʻrinli narxdir. Oʻzbekistondagi zavod ham zamonaviy, mahsulot sifati ancha yuqori. Buyogʻiga koʻp narsa ushbu mahsulotni Rossiya bozorida sotishni yoʻlga qoʻshishga, dilerlik tarmogʻini tuzishga bogʻliq boʻladi”, - dedi ekspert.

Ayni damda Rossiya avtomobil bozori hajmi biroz kamaymoqda. Lekin aynan shunday sharoitda kam byudjetli segmentga moʻljallangan Oʻzbekiston avstosanoati mahsulotlari muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Ravon yangi narxlar bilan Rossiya bozoriga qaytganini eʼlon qilgan edi.

Asosiy mavzular